Maxfiylik siyosati

Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda — «Siyosat») shaxsiy ma’lumotlar va shifokor siriga oid ma’lumotlarni qayta ishlash tartibi va shartlarini «MedMapp» veb va/yoki mobil servisi (keyingi o‘rinlarda — «Platforma») orqali axborot xizmatlarini ko‘rsatish doirasida tartibga soladi. Platforma «MEDMAPP» mas’uliyati cheklangan jamiyati (STIR 312319171, keyingi o‘rinlarda — «Ijrochi»)ga tegishli va uning tomonidan boshqariladi.

Platformadan foydalanish, shaxsiy kabinetda ro‘yxatdan o‘tish, shaxsiy ma’lumotlar va tibbiy xususiyatga ega ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek shartnomaviy munosabatlar doirasida Ijrochi bilan boshqa turdagi o‘zaro hamkorlik foydalanuvchining ushbu Siyosat shartlariga to‘liq va so‘zsiz roziligi, jumladan, ma’lumotlarni ushbu Siyosatda va amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda qayta ishlashga roziligi hisoblanadi.

Atamalar va ta’riflar

Ushbu Siyosatda quyidagi atamalar qo‘llaniladi:

Platforma — «MedMapp» veb va/yoki mobil servisi, Ijrochiga tegishli va u tomonidan boshqariladigan, Foydalanuvchilarga axborot xizmatlarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan, xabar almashish va tibbiy xususiyatga ega ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega texnik vositalarni o‘z ichiga oladi.

Ijrochi — «MEDMAPP» MChJ (STIR 312319171), Platformani boshqaruvchi va Foydalanuvchilarga ushbu Siyosatda belgilangan tartibda axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilot.

Foydalanuvchi — to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lgan, Platformada ro‘yxatdan o‘tgan va uning funksiyalaridan foydalanayotgan jismoniy shaxs.

Shaxsiy ma’lumotlar — bevosita yoki bilvosita aniqlangan yoki aniqlanishi mumkin bo‘lgan jismoniy shaxsga oid har qanday ma’lumot, jumladan identifikatsiya va aloqa ma’lumotlari, shuningdek tibbiy xususiyatga ega ma’lumotlar.

Shifokor siriga oid ma’lumotlar — tibbiy yordamga murojaat qilinganligi, sog‘lig‘i holati, qo‘yilgan tashxis va tibbiy xizmatlar ko‘rsatish jarayonida olingan boshqa ma’lumotlar.

Tibbiyot muassasasi — o‘z mamlakati qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan tashkilot.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Siyosat Platforma orqali axborot xizmatlarini ko‘rsatishda Ijrochi tomonidan olingan ma’lumotlar qayta ishlash tartibini belgilaydi.

1.2. Siyosatning amal qilishi Platforma foydalanuvchilaridan Ijrochi tomonidan olingan barcha shaxsiy ma’lumotlarga tatbiq etiladi.

1.3. Ijrochi ma’lumotlarni faqat qonunchilikka muvofiq, himoya choralarini ko‘llagan holda qayta ishlaydi.

2. Qayta ishlanadigan ma’lumotlar tarkibi

2.1. Ijrochi Platforma foydalanuvchilarining quyidagi ma’lumotlarini qayta ishlaydi:

  • Identifikatsiya va aloqa ma’lumotlari: familiya, ism, tug‘ilgan sana, pasport, telefon raqami, elektron pochta va boshqalar.
  • Tibbiy ma’lumotlar: tashxis, shikoyatlar, davolanish haqida ma’lumotlar.
  • Tibbiy hujjatlar: epikrizlar, tahlillar, yo‘llanmalar va boshqalar.
  • Platformadagi aloqa ma’lumotlari: xabarlar, yozishmalar va harakatlar tarixi.

3. Ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlari

3.1. Ma’lumotlar quyidagi maqsadlarda qayta ishlanadi:

  • Ro‘yxatdan o‘tkazish va shaxsiy kabinetni yuritish.
  • Tibbiy ma’lumotlarni tibbiyot muassasasiga yuborish.
  • Platforma orqali aloqa va xabar almashinuvni ta’minlash.
  • Bildirishnomalar va xabarlar yuborish.
  • Platforma xavfsizligini ta’minlash.
  • Qonunchilik talablarini bajarish.
  • Da’volarni hal qilish.
  • Statistik ma’lumotlar shakllantirish.

3.2. Ma’lumotlar faqat zarur hajmda va belgilangan maqsadlar uchun qayta ishlanadi.

3.3. Uchinchi shaxslarga uzatish faqat zarur hollarda amalga oshiriladi.

4. Ma’lumotlarni qayta ishlashning huquqiy asoslari

4.1. Ma’lumotlar quyidagi asoslarda qayta ishlanadi:

  • Foydalanuvchi roziligi.
  • Shartnomaviy majburiyatlar.
  • Qonunchilik talablarini bajarish.
  • Hayot va sog‘liqni himoya qilish zarurati.

4.2. Rozilik elektron shaklda berilishi mumkin.

5. Ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga uzatish

5.1. Ma’lumotlar quyidagilarga uzatilishi mumkin:

  • Tibbiyot muassasalariga — tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur hajmda.
  • Vakolatli davlat organlariga — qonunda belgilangan tartibda.

6. Ma’lumotlarni saqlash va himoya qilish

6.1. Ma’lumotlar zarur muddat davomida saqlanadi.

6.3. Ijrochi ma’lumotlarni himoya qilish uchun texnik choralarni ko‘radi.

7. Foydalanuvchining huquqlari

  • O‘z ma’lumotlariga doir axborot olish.
  • Ma’lumotlarni yangilash yoki o‘zgartirishni talab qilish.
  • Ma’lumotlarni o‘chirishni talab qilish.
  • Qayta ishlashga rozilikni elektron yoki yozma shaklda qaytarib olish.
  • Qayta ishlashni cheklash.

8. Yakuniy qoidalar

8.1. Siyosat e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

8.2. Ijrochi Siyosatni o‘zgartirish huquqiga ega.

8.4. Siyosatga o‘zgartirishlar kiritilganidan keyin platformadan foydalanishni davom ettirish — rozilik hisoblanadi.

Ijrochining rekvizitlari

Mas’uliyati cheklangan jamiyat «MEDMAPP»

STIR: 312319171

Yuridik manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, «Yangi Hayot» mahallasi, O‘zbekiston prospekti, 11-uy

Bank: AJ «Aloqabank», Guliston filiali

Hisob raqami: 20208000807282604001